Jonni Depp 20 yoshli rossiyalik raqqosaga uylanishga qaror qildi - video

Mashhur aktor Jonni Depp Sankt-Peterburgda tug‘ilgan Polina Glen bilan turmush qurmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Amerikalik aktor Jonni Depp Sankt-Peterburgda tug‘ilgan 20 yoshli raqqosa Polina Glen bilan turmush qurmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar qildi.

Polina Glen ikki yildan buyon Los-Anjelesda yashaydi, aktor bilan esa o‘tgan yili tanishgan.

Hozirda rossiyalik ayol Deppning uyida yashaydi, aktor mehmonlardan bu haqiqatni oshkor qilmaslikni talab qilgan.

Jonni Depp turmush qurib, sevgilisining oilasi bilan tanishish uchun Rossiyaga borishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik aktorning avvalgi turmushi janjal bilan yakun topgan: 2017-yilning yanvarida sud Depp va aktrisa Ember Xerdning ajralishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.