O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashg‘ulotlarga tayyor – foto

Forish” poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27-aprelga qadar davom etadi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” tog‘ dala poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni-2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining tayyorgarlik mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashg‘ulotlarga tayyor – foto

“O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston maxsus operatsiya kuchlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq, bugun, 23-aprel kuni poligon hududida o‘zaro tarjiba almashish jarayonlari boshlandi. Uchchala davlat harbiy xizmatchilari mashg‘ulotlarning asosiy qismi bo‘lib o‘tadigan hududni o‘rganib chiqishdi”, - deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashg‘ulotlarga tayyor – foto

Forish” poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27-aprelga qadar davom etadi.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashg‘ulotlarga tayyor – foto

“Hamdo‘stlik qalqoni-2019” o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida harbiy xizmatchilar jahonda va mintaqada keskin o‘zgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatar hamda tahdidlarga qarshi kurashishning eng ma’qul usul va uslublarini qo‘llash borasida o‘zaro tajriba almashadilar.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashg‘ulotlarga tayyor – foto

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning oktabr oyida “Forish” poligonida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari tog‘-o‘qchi bo‘linmalarining hamda 2018-yilning iyul oyida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bilan qozog‘istonlik hamkasblari o‘rtasida hamkorlikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi.