Siyosatshunos: Putin va Kim Chen In muzokaralari – AQSh uchun yoqimsiz surpriz

Siyosatshunos Dmitriy Juravlov Rossiya-Koreya muzokaralari turli mamlakatlar uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritdi.
Sputnik

OAV xabarlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralari 25 aprel kuni Vladivostokda Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tadi.

“Shubhasiz, muzokaralar jiddiy bo‘ladi, chunki bu Shimoliy Koreyaning o‘ziga xos xususiyati - agar oldindan qaror tayyorlanmagan bo‘lsa, uning rahbari biror joyga bormaydi”, - dedi Dmitriy Juravlov Sputnik radio efirida. – O‘ylashimcha, albatta, bu muzokaralar fakti AQSh uchun – ma’lum ma’noda yoqimsiz surpriz. (AQSh prezidenti Donald) Tramp Shimoliy Koreyani “jilovlash” uchun ko‘p kuch sarfladi, Shimoliy Koreya esa Rossiya bilan muzokaralarni boshlamoqda”.

Shu bilan birga, u Xitoy Rossiya-Koreya munosabatlari iliqlashiga “bardosh berishini” ta’kidladi. Chunki Shimoliy Koreya Xitoyning strategik hamkorlaridan biri emas. Janubiy Koreya uchun Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifini zarba deb atash mumkin, dedi siyosatshunos.

Siyosatshunosning to‘liq fikrini rus tilida quyidagi radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Siyosatshunos: Putin va Kim Chen In muzokaralari – AQSh uchun yoqimsiz surpriz