Pushtirang flamingo qushlari Mo‘ynoqqa qaytdi

2017 yilda ornitologlar Sudochye ko‘lining sharqiy qismidagi orolda 7 mingga yaqin flamingo qushlarini aniqlashgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Mo‘ynoq shahri yaqinidagi Sudochye ko‘liga pushtirang flamingo qushlari qaytdi, deb xabar qilmoqda telegrammdagi Muynak City guruhi.

“Ushbu chiroyli qushlarni Mo‘ynoq tumanidagi Sudochye ko‘lida 2 oy davomida tomosha qilish mumkin. Ko‘lga yetib borish uchun yo‘ltanlamas avtomobil kerak bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ko‘lda uchib o‘tuvchi qushlar uchun ozuqa juda ko‘p. So‘nggi yillar davomida bu yerda to‘xtab tuxum qo‘yadigan pushtirang flamingo qushlari soni juda ko‘paygan.

2017 yilda ornitologlar ko‘lning sharqiy qismidagi orolda 7 mingga yaqin flamingo qushlarini aniqlashgan. 2014-yilning may oyida esa 3 mingga yaqin flamingo uyalarini aniqlashgan. Bu dunyodaga barcha flamingo qushlarining 1,4 % bo‘lib  eng yirik flamingo to‘dalardan biri.  

Ayni damda O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu qushlarni himoya  qilish va ularni tomosha qilishni istagan sayyohlar uchun turistik hududlar tashkil qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.