Kiyev SSSRda yaratilgan maxfiy kashfiyotlar haqidagi shartnomadan chiqdi

1999 yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra MDH respublikalari SSSR davrida yaratilgan maxfiy kashfiyotlarning maxfiyligini saqlab qolishni va’da berishgan.  
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Ukraina Vazirlar Mahkamasi Sovet davrida yaratilgan maxfiy kashfiyotlar haqidagi shartnomadan chiqish haqidagi qarorni imzoladi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu shartnoma 1999-yilning 4-iyunida imzolangan bo‘lib, unga Ukraina, Rossiya, Belorussiya, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo bo‘lishgan edi.

Shartnomaga ko‘ra tomonlar “SSSR davrida yaratilgan, o‘z ixtiyorida bo‘lgan maxfiy kashfiyotlarning maxfiyligini saqlab qolish majburiyatini olgan” edi.

Ukraina MDHdan chiqadimi? MDH amaldorlari izohi

Bundan oldin esa, Ukraina prezidenti Potr Poroshenko Vazirlar mahkamasiga MDH ta’sis organlaridan rasman chiqish jarayonini boshlash haqida topshiriq bergan edi.

Undan tashqari Poroshenko “Kiyev MDH doirasida imzolangan barcha shartnomalarni diqqat bilan o‘rganib chiqib, ularning milliy manfaatlarga javob bermaydiganlaridan chiqishi”ni e’lon qilgan edi.

2018 yilning avgust oyida MDHdagi Ukraina vakolat organlari yopilgan va muloqot ushbu mamlakatning Minskdagi elchixonasi orqali olib borilayotgan edi.