Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 mln so‘m pul mukofoti beriladi

Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74-yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risi”dagi farmonni imzoladi.

Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79-yil oldin Ulug‘ Vatan urushi qanday boshlangan

9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74-yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi.

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yangi medal va pul mukofoti sovg‘a qilinadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydilar.

O‘tgan yili Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 million so‘m pul mukofoti berilgan edi.