Ekspert Toshkent ko‘chalarini muntazam suv bosishi yuzasidan o‘z fikrini aytdi

“Shahar iqtisodiyoti instituti” fondining “Shahar xo‘jaligi” yo‘nalishi direktori Irina Gensler Toshkent shahar ko‘chalarini navbatdagi suv bosgani holatiga izoh berdi.
Sputnik

So‘nggi paytlarda Toshkent shahrida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar tez-tez uchramoqda. Toshkentning yomg‘ir suvi kanalizatsiyasi suvning katta oqimini bartaraf eta olmayapti.

Ekspertning fikriga ko‘ra, bunga sabab vaqt o‘tishi bilan iqlimning o‘zgarishi va ilgari suv bosmagan hududlarda endilikda ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishidir.

Toshkentda avtobuslar suvga to‘lishi videoga olindi

“Shahar infratuzilmasi – bu kompleks yondashish, modernizatsiya va yirik investitsiyalarni talab qiluvchi juda murakkab mavzu. Lekin O‘zbekiston hukumati bu masalani faol ravishda hal etmoqda – mamlakatda Urbanizatsiya agentligi tashkil etilgan, xalqaro tashkilotlar o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Mamlakatda juda muhim hujjat – O‘zbekiston urbanizatsiya strategiyasi ustida ulkan ish olib borilmoqda. Bu hujjatda shahar muhiti sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalar aks ettiriladi”, - dedi Gensler.

O‘zbekistonda so‘nggi haftada kuchli yog‘ingarchilik yuz berdi. Shu tufayli mamlakatning qator hududlarida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar kuzatildi. Bugun, 24-aprel kuni yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida Toshkent shahri suvga g‘arq bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari toshqinlar oqibatlarini suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdi.

Ekspertning to‘liq izohini quyida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert Toshkent ko‘chalarini muntazam suv bosishi yuzasidan o‘z fikrini aytdi