O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi

“Forish” poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr - Sputnik.  22 aprel kuni “Forish” poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlar 27-aprelga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, unda Pokiston va Turkiyaning O‘zbekistondagi harbiy attashelari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi

“Hamdo‘stlik qalqoni-2019” o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida harbiy xizmatchilar jahonda va mintaqada keskin o‘zgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatar hamda tahdidlarga qarshi kurashishning eng ma’qul usul va uslublarini qo‘llash borasida o‘zaro tajriba almashadilar.

“Osiyoning eng ilg‘or armiyalardan biri hisoblanuvchi O‘zbekiston armiyasi bilan tajriba almashish, biz uchun muhim ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, bir necha kun davom etadigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvlar uchchala tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘ladi”, — deydi Pokiston maxsus bo‘linmasi komandiri Salmon Tariq.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi

Ochilish marosimi yakunlangach, mehmonlar poligonda ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni saqlash bo‘yicha yaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan tanishdi.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning oktabr oyida “Forish” poligonida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari tog‘-o‘qchi bo‘linmalarining hamda 2018-yilning iyul oyida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bilan qozog‘istonlik hamkasblari o‘rtasida hamkorlikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi.