Yana bir tashkilot xodimlari Toshkent shahri va viloyati propiskasini olish imkoniga ega bo‘ldi

Hukumat qarori bilan yana bir tashkilot xodimlari Toshkent shahri va viloyati propiskasini olish imkoniga ega bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Yana bir tashkilot xodimlari Toshkent shahri va viloyati propiskasini olish imkoniga ega bo‘ldi.

Xorijlik vatandoshlarga viza berish va vaqtincha propiska qilish tartibi belgilandi

Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalining xabar qilishicha, Hukumat qarori bilan Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar bergan edik.

Ro‘yxatda shu paytgacha 82 ta tashkilot mavjud edi.