TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Marina Abrosimova, MakSim nomi bilan hammaga mashhur bo‘lgan xonanda YTHga uchradi. Bu haqda xonandaning menedjeri Margarita Sokolova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa aeroportga ketayotganda sodir bo‘ldi. Xonanda samolyot reysiga shoshayotgan bo‘lgan.
Sokolova so‘zlariga ko‘ra, “eng yomoni” ortda qoldi. Xonada shifoxonada bir oyga yaqin vaqt bo‘ladi. Uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.