Toshkentda Korney Chukovskiy asari o‘zgartirib chop etildi

Toshkentdagi nashriyotlardan biri mashhur yozuvchi asarida Leningrad so‘zini Sankt-Peterburg deb o‘zgartirib chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Toshkentda joylashgan nashriyotlardan biri taniqli bolalar yozuvchisi Korney Chukovskiyning asarini o‘zgartirib bosmadan chiqardi, bu haqida Potrebitel.uz gruppasi foydalanuvchilari xabar qilgan.

Gap, xususan 93-yil oldin, 1926-yilda yozilgan “Barmaley” asari haqida ketmoqda:  

“Yesli on vpravdu sdelalsya dobree,
Otpustite yego, pojaluysta, nazad!
Mi vozmem s soboyu Barmaleya,  
Uvezem v dalokiy Leningrad”   

 

O‘rniga  “Uvezem v dalokiy Sankt-Peterburg”, -  deb  yozishgan.

Ayni damda ushbu kitob internetdagi bir necha guruhlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘pchillik, mualliflik huquqlarini buzilgani va “Sankt-Peterburg” so‘zi ushbu she’rning qofiyasiga ham mos kelmayotganini qayd etgan.

“Leninni shunchalik yomon ko‘risharkan, hech bo‘lmasa Petrograd deb yozsa bo‘lardi”, - deb izoh qoldirgan foydalauvchilardan biri.    

Sputnik muxbiri ushbu kitob muqovasida ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali Qatortol ko‘chasida joylashgan “Yangi asr avlodi”  nashriyoti bilan bog‘landi. Nashriyot shunday kitob haqiqatdan 2017-yilda chop etilganini ma’lum qilishdi. Satrlar o‘zgartirilgani borasida keyinroq izoh berishlarini ma’lum qilishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning shimoliy poytaxti - Sankt-Peterburg shahri 1924-yilga qadar Petrograd deb nomlangan. V.I. Lenin vafotidan 4-yil o‘tib 1924-yilda shahar nomi Leningrad deb o‘zgartirilgan. 1991yilda SSSR tarqalib ketganidan keyin shaharga uning eng birinchi nomi – “Sankt-Peterburg” qaytarilgan.

Ha aytmoqchi, taqdir taqozosi bilan, aynan bugun – 23-aprel "Umumjahon kitob va mualliflik huquqlari kuni" nishonlanmoqda. Ushbu kun YuNESKO tomonidan 1995 ta’sis etilgan.