Putin va Kim Chen In qachon va qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi

KXDR yetakchisi Rossiya hududiga 24-aprel chorshanba kuni zirhlangan poyezdda 230 kishidan iborat delegatsiya bilan birga kirib keladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In 25-aprel kuni Uzoq Sharq Federal universitetida (UShFU) uchrashadi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiyaga tashrif buyuradi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, KXDR yetakchisi Rossiya hududiga 24-aprel chorshanba kuni zirhlangan poyezdda kirib keladi. U bilan birga 230 kishidan iborat delegatsiya ham Rossiyaga tashrif buyuradi. Kim Chen In UShFU kampusidagi lyuks xonalardan birida joylashadi.

Payshanba kuni ikki davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Vladimir Putin Pekinga “Belbog‘ va yo‘l” tashabbusida ishtirok etish uchun yo‘l oladi.

Kim Chen In esa Vladivostokda qolib, u yerning diqqatga e’tibor joylarini tomosha qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisining otasi Kim Chen Ir ham 2002-yilda Vladivostokka zirhlangan poyezdda tashrif buyurgan va shaharni tomosha qilgan edi.

Putin va Kim Chen In qachon va qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Dushanba kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi Kim Chen In yaqin oraqda Rossiyaga tashrif buyurishini xabar qilgan edi. Lekin  axborot agentligi tashrifning aniq sanasini keltirib o‘tmagan.