O‘zbekistonlik Xalqaro Qur’on musobaqasida faxrli to‘rtinchi o‘rinni egalladi

Festival Korana v Moskve
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari Malayziya qiroli Abdulla Sulton Ahmad Shoh tomonidan topshirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik Ubaydullo Isoqov Malayziyadagi Xalqaro Qur’on musobaqasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Lenti palomnikov na dereve vozle buddiyskoy Vseblagoy Stupi Velikogo Prosvetleniya na ostrove Ogoy
"Ulkan gunoh": O‘zbekistonda musulmonlarga daraxtdan bola so‘rash shirk ekani eslatildi

15-20 aprel kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda dunyoning 71 mamlakatidan 107 nafar hofizlar ishtirok etgan 61-Xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

“O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Ubaydullo Isoqov Qur’onni yoddan o‘qish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Mufazzala Saydaliyeva esa Qur’on o‘qish bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallagan”, - deyiladi xabarda.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari Malayziya qiroli Abdulla Sulton Ahmad Shoh tomonidan topshirilgan.

Mazkur musobaqa 1961-yil Malayziya bosh vaziri Tunku Abdul Rahman tomonidan tashkil etilgan va har yili Malayziya hukumati patronaji ostida o‘tkaziladi.