TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning birinchi choragida aholi umumiy daromadi miqdori 64,9 trillion so‘mni tashkil qilgan, Davlat Statistika qo‘mitasi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,6 %ga ko‘p. Aholi jon boshiga taqsimlanganda, har bir kishiga umumiy daromad 1,948 mln so‘mni tashkil qiladi.
Viloyatlar bo‘yicha taqsimlanganda, eng katta daromad Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yerda aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromad 4,687 so‘mni tashkil qildi.
Ikkinchi o‘rinda Navoiy viloyati. Bu yerda umumiy o‘rta daromad aholi jon boshiga 2,965 so‘mni tashkil qildi.
Uchinchi o‘rinda Buxoro viloyati – 2,208 mln so‘m, keyin Toshkent viloyati – 2,134 so‘m, Xorazm – 1,933 mln so‘m. Qolgan viloyatlarda aholi umumiy daromadi miqdori 1,4 – 1,7 mln so‘m orasida.
Statistika qo‘mitasi aholi umumiy daromadining tarkibini ham keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra, daromadlarning katta qismi 66 % - mehnat faoliyatidan olingan, 26 % – pul o‘tkazmalaridan iborat.
Qolgan 5,3 % - mol-mulkdan olingan daromadlar va 2,6 % - shaxsiy istemol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromad.
Statistka qo‘mitas xabarida aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida aholi mehnat faoliyatidan olayotgan daromadlar miqdori 123 %ga, mustaqil band bo‘lishdan olgan daromadlar soni 118 %ga o‘sgan.