Qozog‘istonlik nogiron bolakay Messi bilan uchrashdi, Pike bilan esa futbol o‘ynadi – video

Avvalroq Ali Ukraina terma jamoasi sobiq futbolchisi va jamoaning bosh murabbiyi Andrey Shevchenko, afsonaviy Diyego Maradona bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Qozog‘istonlik nogiron bolakay Ali Turganbekov Lionel Messi hamda “Barselona”ning boshqa yulduzlari bilan ko‘rishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Yosh qozog‘istonlik Instagram sahifasida xushxabar bilan o‘rtoqlashdi

“Messi meni boshimni silaganda o‘zimni juda baxtiyor his etdim. U menga nimalardir dedi. Hammasi uchun Yaratganga minnatdorchilik bildiraman!”, - deya yozgan u.

Uchrashuv chog‘ida Ali o‘zining kumirlari bilan suratga tushdi va klubning “Kamp Nou” stadionidagi mashg‘ulotlari ishtirok etdi. Shuningdek, “Barselona” yulduzlaridan biri Jerar Pike bilan futbol o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq 11 yoshli Ali Ukraina terma jamoasi sobiq futbolchisi va jamoaning bosh murabbiyi Andrey Shevchenko, afsonaviy Diyego Maradona bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.