Zelenskiy qachon rasman Ukraina prezidenti bo‘ladi?

Saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan keyin 30 kun ichida yangi prezidentning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi habariga ko‘ra, kecha bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi bosqichida, Zelenskiy g‘olib chiqqan. 

Bugun 22-aprel soat 08:00 holatida 88% ovozlar hisoblab chiqilgan. Hisob-kitob natijasiga ko‘ra Zelenskiy - 73,21 %, Poroshenko – 24,46 % ovoz to‘plashga ulgurgan.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, yangi saylangan prezident saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan keyin 30 kun ichida inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tishi kerak.

Ukraina prezident saylovida Zelenskiy 71 % ovoz to‘playdi – so‘rov natijalari

Kecha, 21-aprel kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Poroshenko o‘z mag‘lubiyatini tan oldi. Shuningdek, Markaziy saylov qo‘mitasi ham, saylov davomida hech qanday jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi. 

Markaziy saylov qo‘mitasi 1-mayga qadar Ukrainada prezident saylovi natijalarini rasman belgilashi va 3 kun ichida ularni ommaga e’lon qilishi kerak. Demak, Zelenskiyning inauguratsiya marosimi 3-iyunga qadar bo‘lib o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezident saylovining birinchi bosqichida Zelenskiy vo Poroshenko g‘olib chiqqan edi, lekin ulardan hech biri 50%dan ortiq ovoz to‘play olmagan edi. Shu sabab saylovning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘olib chiqish uchun nomzodlardan biri 50% va yana 1 dona ovoz to‘plasa yetarli.