Toshkentda kuchli dovul oqibatlari

Kecha toshkentda kuchli dovul bo‘lib o‘tdi, daraxtlar qulab ko‘chalarni suv bosdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘tgan dam olish kunlari Toshkentda kuchli dovul bo‘lib o‘tdi. Yomg‘ir yog‘ib ko‘chalarni suv bosdi, daraxtlar qulab mashinalarni bosib qoldi.

Toshkentda oqava suvlar tizimida kuzatilotgan muammolar tufayli, har safar yomg‘ir yoqqanda, ba’zi ko‘chalarni suv  bosib qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqealar aks etgan surat va videolar tarqalmoqda.

Toshkentda kuchli dovul oqibatlari

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida yomg‘irli ob-havo kuzatildi. Kuchli yomg‘ir oqibatida Buxoroda yo‘llarni suv bosdi, Samarqandda kuchli sel keldi.

Toshkentda kuchli dovul oqibatlari