Toshkent hokimiyati tadbirkorga 7 milliard so‘m to‘laydi

Savdo-sanoat palatasi yordamida Toshkent hokimiyatidan xususiy kompaniya foydasiga davlat ehtiyojlari uchun olingan mol-mulk uchun 7,2 milliard so‘m undirib olindi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xususiy korxonaga tegishli bo‘lgan mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi bilan bog‘liq bo‘lgan arizani ko‘rib chiqdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Mirziyoyev Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tubdan o‘zgartiruvchi farmon imzoladi

Davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan mol-mulk evaziga Toshkent shahar hokimligi tomonidan tadbirkorga Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida joylashgan binolar berilgan. Lekin ekspertlar baholashiga muvofiq, olib qo‘yilgan mol-mulk qiymati 12,5 milliard so‘mdan ko‘proq bo‘lgan, o‘rniga taqdim etilayotgan inshootlarning umumiy qiymati esa 5,2 milliard so‘m atrofida.

Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy kompaniya manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent shahar hokimligidan 7,2 milliard so‘m undirish haqida qaror chiqargan.

Toshkent shahar tumanlaroaro iqtisodiy sudi tomonidan Savdo-sanoat palatasi qarori to‘liq tasdiqlangan.

Toshkent shahar hokimligi OOO SMILE HEALTHY CHILDREN kompaniyasiga 7,2 milliard so‘m to‘lov amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. Sud aralashganidan so‘ng poytaxt hokimiyati Universal Plast Montaj Engineering kompaniyasiga olib qo‘yilgan yer mulki uchun tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan edi.