O‘zbekistonda dollar va yevro kursi pasaydi

O‘tgan haftada dollar 4,0 so‘mga qimmatlashib, 8 455,37 so‘mni tashkil etgandi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 22-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 14,01 so‘mga pasayib, 8 441,36 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 61,42 so‘mga kamayib, 9 493,15 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,25 so‘mga ko‘tarildi va 131,78 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.