Kredit, lizing va subsidiya: traktorlar xarid qilishga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

O‘zbekistonda suvdan foydalanish tizimidagi muammolar ma’lum qilindi

Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Nizom qishloq xo‘jalik korxonalari samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

Subsidiya miqdori lizing tashkiloti, tijorat banki hamda qarz oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart.

Subsidiya lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‘jalik texnikasining 3-yillik kafolat muddati, shuningdek, ushbu texnikalar uchun Respublika hududida servis xizmati ko‘rsatuvchi markazlari bo‘lganda lizing tashkiloti va tijorat bankining foiz to‘lovlarini qisman qoplab berish uchun ajratiladi.

Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida ajratiladi.

“Respublika hududida lizing va bank xizmatlarini ko‘rsatish litsenziyasiga ega bo‘lgan tashkilot va muassasalarning qarz oluvchiga lizing va kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‘jalik texnikasi uchun hisoblangan foiz to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ushbu nizomga asosan subsidiya ajratiladi.

Bunda lizing tashkiloti mustaqil audit tashkiloti xulosasiga ega bo‘lishi, ustav kapitali 250 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim”, - deyilgan hujjatda.

Ta’kidlanishicha, subsidiya faqat ishlab chiqarilgan muddati bir yildan oshmagan yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ajratiladi.