Janubiy Koreya prezidenti Samarqanddan ulkan tassurotlar bilan qaytib ketdi

Samarqandda Janubiy Koreya prezidentiga 7-asrda Koreya elchisini qabul qilish sahnasi aks etgan qadimiy freska namoyish qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Samarqand tarixi, ajdodlarimiz merosi Janubiy Koreya prezidentida katta taassurot qoldirdi, deb xabar  qilmoqda prezident matbuot xizmati.

O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In kecha 20-aprel kuni Samarqand shahrida bo‘ldi. U yerda Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In rafiqalari bilan tarixiy obidalarni ko‘zdan kechirishdi.

Janubiy Koreya prezidenti Samarqanddan ulkan tassurotlar bilan qaytib ketdi

Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini tomosha qilishdi. Undan so‘ng “Afrosiyob” muzeyida bo‘lishdi.

Janubiy Koreya prezidenti Samarqanddan ulkan tassurotlar bilan qaytib ketdi

“Afrosiyob” muzeyi – mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan davrda Samarqand markazi bo‘lgan qadimiy Afrosiyob shahri qazilmalari yonida joylashgan. Ushbu muzeyda namoyish qilingan q adimiy freskalardan biri Janubiy koreyalik mehmonlarda katta taasurot qoldirdi. Unda qadimiy Afrosiyob devorida 7-asrda Samarqand hukumdori tomonidan Koreya – Koguryo elchisini qabul qilish marosimi aks ettirilgan.

“Janubiy Koreya Prezidenti ushbu tarixiy suratni hayrat va e’tibor bilan tomosha qilar ekan, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqalishini, bu do‘stlik va hamkorlik bundan keyin ham bardavom bo‘lishini ta’kidladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek Koreya prezidentga Registon maydoni, Go‘r-Amir maqbarasi, milliy hunarmandchilik mahsulotlari namoyish qilindi va Amir Temur davlatchilik siyosati, harbiy mahorati, turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalari haqida so‘zlab berildi.

Janubiy Koreya prezidenti Samarqanddan ulkan tassurotlar bilan qaytib ketdi

Bugun 21-aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlab Koreyaga jo‘nab ketdi.