Ukraina prezident saylovida Zelenskiy 71 % ovoz to‘playdi – so‘rov natijalari

Ukraina prezident saylovida Zelenskiy uchun 71 %, Poroshenko uchun 28 % kishi ovoz beradi, deb xabar qilmoqda so‘rov o‘tkazgan kompaniya.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Ukrainada bugun bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovida Vladimir Zelenskiy 71,8% ovoz to‘playdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

New Image Marketing Group so‘rovlari natijalariga ko‘ra, Potr Poroshenko  umummiy hisobda 28% ovoz to‘plashi mumkin.

NIMG xabariga ko‘ra Ukraina Janubida Zelenskiy uchun 73,4 % Poroshenko uchun – 26,6 % ovozlar to‘plangan. Ukraina Sharqida esa - 88,8 % va 11,2 %, G‘arbida — 55,6 % va 44,4 % va markaziy qismida ovozlar Zelenskiy foydasiga - 72,9 % Poroshenko foydasiga esa - 27,1 % ulushida bo‘lingan.

Ukrainada bugun soat 20:00 ga qadar har qanday prognozlarni chop etish ta’qiqlangani sababli u yerda NIMG ushbu natijalarni hozircha rasman e’lon qilmagan, lekin ma’lumotlar boshqa davlatlar hududlarida tarqatish uchun taqdim etilgan.

Ukraina prezidenti saylovida aktor Zelenskiy yetakchilik qilmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘rovda 500 saylov uchastkasidan 16 ming kishi ishtirok etgan. So‘rovning xatolik ehtimoli 1,7 %ni tashkil qiladi.

Ukraina saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, ikkinchi tur saylovlarda aholi faolroq ishtirok etmoqda. Soat 15:00 holatiga 45 % aholi ovoz berishga ulgurgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezident saylovining birinchi bosqichida Zelenskiy vo Poroshenko g‘olib chiqqan edi, lekin ulardan hech biri 50%dan ortiq ovoz to‘play olmagan edi. Shu sabab bugun saylovning ikkinchi turi bo‘lib o‘tmoqda. Unda g‘olib chiqish uchun nomzodlardan biri 50% va yana 1 dona ovoz to‘plasa yetarli. 

Aytish joizki, birinchi turda ham Zelenskiy Poroshenkodan ikki baravar ko‘proq ovoz to‘plagan edi - 30 % va Poroshenko - 15 %.