Bugun Shri-Lankada teraktlarda 160 kishi qurbon bo‘ldi

Shri-Lankada katolik Pasxa bayrami kuni uyushtirilgan 6ta teraktda 160 kishi qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Bugun Shri-Lankada uyushtirilgan teraktlarda 160 kishi qurbon bo‘ldi, 360dan ortiq fuqarolar jarohat oldi, deb xabar  qilmoqda mahalliy telekanal News 1st.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, teraktlar katolik Pasxa bayramini nishonlash vaqtida sodir etilgan. 3ta portlash cherkovda va yana 3ta portlash nufuzli mehmonxonalarda sodir bo‘lgan.

Qurbonlar soni poytaxt Kolomboda 40 kishi Negombo shahrida 93 kishini tashkil qilgan. Battikaloa shahrida 27 kishi qurbon bo‘lgan.

Ushbu munosabat bilan Shri-lanka hukumati favqulodda majlis o‘tkazmoqda.