O‘zbekistonda 2,7 ming mansabdorga intizomiy choralar ko‘rildi

Ta’sir choralari natijasida 7 milliard so‘mlik 2 ming 800 da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. O‘zbekistonda 2,7 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 ming nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar qildi O‘zA.

O‘zbekistondagi mansabdorlar kutilmaganda xalq huzuriga kirib bordilar

Adliya vazirligi hay’at majlisida 2019-yilning I choragida 6,5 mingdan ortiq tashkilotda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilgani qayd etildi. Bu jarayonda 690 ming qonunbuzilish aniqlangan.

Ushbu holatlar bo‘yicha 5,5 mingdan ortiq taqdimnoma, sudlarga 15 milliard so‘mlik 3 ming 400 da’vo arizasi, 20 ming 590 ogohnoma kiritilgan.

Ta’sir choralari natijasida 7 milliard so‘mlik 2 ming 800 da’vo arizasi qanoatlantirilgan. 2,7 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 ming nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 124 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim adliya organlari va muassasalari tomonidan faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilinmoqda, deb yozadi nashr.