Olma-Ota - Toshkent trassasida YTH sodir bo‘ldi, 11 qurbon bor

Sakkiz kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, yana uch nafari kasalxonada vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Qozog‘istonda YTH yuz berdi, 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Qozog‘istonda trassalardan birida yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi, 11 kishi halok bo‘ldi, yana 29 nafari jarohatlandi deb xabar qildi Qozog‘iston respublikasi IIV xizmati.

Avariya tong sahar beshda Jambil viloyati Ko‘rday tumanida yuz bergan. Olma-Ota - Toshkent trassasining 181-kilometrida Toyota Camry avtomobili yo‘l yoqasida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Mashina ketidan kelayotgan haydovchi avariya oldini olishga uringan, ammo oqibatda avtobus ag‘darilib ketgan.

Sakkiz kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, yana uch nafari kasalxonada vafot etgan.