Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi

Olimlar yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borishadi.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar qildi.

O‘zbekistonda suv tanqisligi sababli sholi ekiladigan maydonlar kamaytiriladi

Filialning asosiy vazifasi hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hisoblanadi.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda Filialni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida sholichilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar jahon andozalari asosida o‘tkaziladi.