TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Qozog‘istonlik model Dinagul Tasova Kazakhstan Fashion Week ko‘rgazmasida gruziyalik dizayner tayyorlagan libosda podiumga chiqdi.
Model podium orqali ichki kiyimsiz libosda o‘tdi. Bu Tasovaning birinchi chiqishi emas. Bundan avval Kaznetda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ham juda ochiq libosda omma oldida chiqish qilgandi.
Uning suratlari internet tarmog‘ida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
O‘sha vaqtda qozog‘istonliklar modelni keskin tanqid qilishgandi. Bir necha vaqtdan so‘ng Dinagul kaltaklanganlini aytib, jarohat izlari tasvirlangan foto-suratlarni e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Dinagul Tasova Armeniyada “MDH-2018 top model” tanlovida ishtirok etgandan so‘ng mashhur bo‘ldi.
Bosh tanlov toji uchun MDH va Yevropa 16 ta davlatlaridan 30 ta qiz bellashadi.
Qozog‘istonlik model tanlovda “Mediamodel” unvonini oldi.