Ayanchli YTH: Portugaliyada 29 kishi halok bo‘ldi

Germaniya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda germaniyalik sayyohlar bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Portugaliyaning Madeyra orolida turistik avtobus avtohalokatga uchradi. Bu haqda Lusa agentligi Portugaliya prokuraturasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, Madeyra orolida turistik avtobus bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan.

​Mudhish hodisa 17-aprel kuni kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtobus yo‘ldan chiqib ketib, yo‘ldan pastroqda joylashgan uyning tomiga qulab tushgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, avtohalokat oqibatida 29 nafar halok bo‘lgan, yana 27 nafar jabrlangan. Germaniya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda germaniyalik sayyohlar bo‘lgan.

Hozirda hodisa tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Portugaliya prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atib, tergov harakatlarini olib bormoqda.