TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Toshkentda qozog‘istonlik xonanda Dimash Kudaybergen O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi. Uchrashuv haqida Qozog‘iston prezidenti Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Dimash Kudaybergen – Qozog‘istonning dovrug‘ini dunyoda doston qilayotgan yulduz. Turli davlatlardagi muxlislari uning konsertlarida bo‘lish va noyob ovozini eshitishni istaydi. Kecha Dimash Toshkentda SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘zbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi”, - deb yozgan prezident Tokayev.
Internetda e’lon qilingan suratlarda taniqli xonanda va Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari Kasim-Jomart Tokayev va Shavkat Mirziyoyev tasvirlangan.
Qo‘shiqchi Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning davlat tashrifi doirasida Toshkentda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida chiqish qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 14-aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi.
15 aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.