Minsk Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilmoqchi

O‘tgan yili Belarus respublikasi va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 86,5 mln. dollarni tashkil etgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Minsk Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilmoqchi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahri ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid kelishuv imzolangan.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

2018 yilda Belarus respublikasi va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 86,5 mln. dollarni tashkil etganligi qayd etilgan.

“Toshkentda Belarus kapitali asosidagi 32 ta korxona faoliyat yuritmoqda”, - deyiladi xabarda.

O‘zaro aloqalarni rivojlantirishning imkoniyatlari keng bo‘lib, tomonlar hamkorlikda yangi  korxonalarni tashkil etish,ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va sport yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasini muhokama etishmoqda.

Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forum o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Belarus bilan harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirtirishi haqida xabar qilgan edik.