Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempioni aniqlandi

Hal qiluvchi bahsda "Semurg‘"  jamoasi "Binokor"ni 4:1 hisobida yengib chiqdi, seriyalar bo‘yicha umumiy hisob esa 3:2 bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan xokkey chempionatining ilk g‘olibi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Respublikaning eng kuchli ikki jamoasi "Semurg‘"  va "Binokor"orasida bahslar qizg‘inlik bilan davom etdi. So‘nggi damga qadar kim chempion bo‘lishini aniqlash qiyin bo‘ldi. Chempionat doirasida jamoalar 5 marotaba uchrashishdi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempioni aniqlandi

Aslida “Semurg‘” oldinroq ham chempion bo‘lishi mumkin edi, lekin seriyaning to‘rtinchi o‘yinida “Semurg‘” 2:5 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shundan so‘ng beshinchi o‘yin ham o‘tkazishga to‘g‘ri keldi.

Chempionatning eng samarali o‘yinchisi deb “Binokor”ning Javohir Rasulov topildi. Sezonning eng yaxshi xokkeychisi deb ushbu jamoaning yana bir o‘yinchisi Aleksandr Zakirov topildi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining finalchilari aniqlandi

“Semurg‘” jamoasidan esa Sergey Golev – eng yaxshi hujumchi, Konstantin Gavrilenko esa – eng yaxshi himoyachi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi chempionatida jami to‘rt jamoa ishtirok etdi: "Binokor", "Semurg‘", "Toshkent"  va "Xumo". Ayni damda xokkey O‘zbekistonda endi boshlanmoqda. Oldin respublikada xokkeychilar  tayyorlash uchun kerakli sharoitlar ham yo‘q edi. Shuning uchun birinchi chempionatda jamoalar tarkibida Rossiya va Qozog‘istondan taklif qilingan yosh xokkeychilar ham bor.

Mart oyida Toshkentda Xumo Arena ochildi. U yerda Olimpiya talablariga javob beruvchi 2ta xokkey stadioni bor. Bi so‘z bilan aytganda O‘zbekistonda xokkey qayta tug‘ilmoqda.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempioni aniqlandi