TOShKENT, 16 apr - Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.
Xabarda aytilishicha, reyslar har kuni soat 18:00 da "Oltin O‘rda" avtovokzalidan "Samarqand" avtovokzaligacha qatnaydi.
Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida to‘xtash joylari bor.
"Marshrutni ochish O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayohatchilar oqimini oshishiga yordam beradi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari turizm, sport, madaniyat va boshqa sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirishda qat’iy ekanliklarini tasdiqlagan edilar.