Qishloq xo‘jaligida radiatsion texnologiyalar joriy etilishi mumkin

Tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohasida radiatsion ishlov berish texnologiyalardan foydalanish mahsulot sifatini oshirishga olib keladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. “Rosatom” tarkibiga kiruvchi "Rusatom Xelskea" aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohasida radiatsion texnologiyalardan foydalanish haqida anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi

Ushbu hujjat Shu kunlarda Sochi shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Atomekspo-2019" xalqaro forumi doirasida imzolandi.

“Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekistn yadro fizikasi instituti huzurida siklotron radiokimoviy ishlab chiqarish maydonchasi yaratish va O‘zbekistonda radioizotoplar ishlab chiqarishni va eksport qilishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi”, - deyilgan xabarda.

Memorandum, shuningdek,  O‘zbekistonda tibbiy va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga radiatsion ishlov berish markazi tashkil qilishni nazarda tutadi.

“Zamonaviy radiatsion texnologiyalardan foydalanish bizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarimizning sifatini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga xizmat qiladi”, - deyilgan Energetika vazirligi xabarida.

Ma’lumot uchun, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida radiatsion texnologiyalardan samarali foydalanib kelinmoqda. Xususan, ma’lum miqdorda radiatsion ishlov berilganda urug‘lar yaxshiroq o‘sishi, hattoki eskirgan urug‘larda ham o‘sish qobiliyati qayta tiklanishi, mahsulot hosildorligi 20-30 %ga oshishi, qurt-qumusqalarga qarshi samarali kurashishi hamda mahsulot tez buzilishining oldini olishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya 2030-yilga qadar O‘zbekiston hududida umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan atom elektr stansiyasi qurishga kelishib olishgan edi. Ayni damda ushbu loyiha uchun joy tanlash jarayoni davom etmoqda. AES quriishi 2022-yilda boshlanishi kerak.