Parijda kuchli yong‘in va ko‘z yoshlar: dahshatli suratlar

Sputnik

O‘n ikki soat davom etgan yong‘in Bibi Maram soborining minorasi, soati va tomini yo‘q qilgan.

Ibodatxonaning ichidagi yog‘och qurilmalari ham kuyib kul bo‘lgan. 

Ayni damda politsiya tekshiruvlar o‘tkaza boshlagan. 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘t o‘chiruvchilarga minnatdorlik bildirib, Notr-Dam de Pari albatta qayta tiklanishini va buning uchun mablag‘ yig‘ish boshlanishini ma’lum qilgan. 

Parij ibodatxonasining eng dahshatli suratlari Sputnik fotojamlanmasida tomosha qiling.

1 / 10
Parij Bibi Maram sobori – Notr-Dam-de-Parida kuchli yong‘in chiqdi.
2 / 10
Voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish va favqulodda xizmatlar mashinalari yetib kelgan.
3 / 10
Voqea joyiga ko‘plab parijliklar to‘plandi.
4 / 10
Ibodatxonadan chiqayotgan quyuq qora tutun va olov.
5 / 10
Sobor ichidagi odamlarning barchasi evakuatsiya qilingan.
6 / 10
Yong‘in oqibatida soborning shpili (uchi) va tom qismi, shuningdek soatlar o‘rnatilgan qismi qulab tushgan.
7 / 10
Sobor ichidagi odamlarning barchasi evakuatsiya qilingan.
8 / 10
Soborning ichidagi yog‘och qurilmalari ham kuyib kul bo‘lgan.
9 / 10
Emmanuel Makron o‘t o‘chiruvchilarga minnatdorlik bildirib, Notr-Dam de Pari albatta qayta tiklanishini va buning uchun mablag‘ yig‘ish boshlanishini ma’lum qilgan.
10 / 10
O‘n ikki soat davom etgan yong‘in Bibi Maram soborining minorasi, soati va tomini yo‘q qilgan.