Yomg‘ir va momaqaldiroq: 16-aprelda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 16-aprel kuni mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 16-aprel uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16-aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-16, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.