Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashev mag‘lub etgan bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Maykl Foks joriy yilning 15-fevral kuni o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Fazliddin G‘oibnazarov: “Jangga har tomonlama tayyorman”

Ma’lum bo‘lishicha, G‘oibnazarov 11-may kuni AQShning Arizona shtatida bo‘lib o‘tadigan bahsda amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi.

Maykl Foks joriy yilning 15-fevral kuni o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

“Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.