Dollar va yevro yana ko‘tarildi – O‘zbekistonda valyuta kurslari

O‘tgan haftada dollar 31,75 so‘mga qimmatlashib, 8 451,37 so‘mni tashkil etgandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 16-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 4,0 so‘mga ko‘tarilib, 8 455,37 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 77,20 so‘mga oshib, 9 554,57 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 2,16 so‘mga ko‘tarildi va 131,53 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.