Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashishdi

Joli va Pitt uch yildan beri davom etayotgan ajrashish jarayonini kelishuvga erishishdan avval ruhan charchashgani tufayli yakunlashga qaror qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Angelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashishdi. Bu haqda RIA Novosti  The Blast portaliga asosan xabar qildi.

Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashishga ariza tashladi

Sud 12-aprel kuni ajrashganlik maqomini tiklash bo‘yicha Gollivud yulduzlarining murojaatini ma’qulladi.

Shu bilan birga, ushbu qaror sobiq er-xotinga bir necha oyga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan, bolalar ustidan vasiylik va mol-mulkni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuv yuzasidan ishlashga imkon beradi.

Nashr manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Anjelina Joli va Bred Pitt uch yildan beri davom etayotgan ajrashish jarayonini kelishuvga erishishdan avval ruhan charchashgani tufayli yakunlashga qaror qilishdi.

Gollivudlik aktorlar 2014-yilda oila qurgan, to‘y Fransiyadagi mashhur juftlikka tegishli Miraval qal’asida bo‘lib o‘tgan.

Ular uch nafar farzand ko‘rishdi, shuningdek, uch farzandni asrab olishdi.