Toshkentda "Ommaviy diktant" qanday o‘tdi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ommaviy diktant" tadbirida suratga olingan videolavhamiz bilan tanishing. 
Sputnik

Kecha 13-aprel kuni Toshkent, Nukus va Namanganda "Ommaviy diktant" tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentda Ommaviy diktant 7 ta auditoriyada yozildi. Sputnik muxbirlari Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan reportaj tayyorladilar.

Diktant soat 13:00da 150 ishtirokchi to‘plangan auditoriyada boshlandi. Ommaviy diktant uchun maxsus yozilgan matnini rus tili bo‘yicha mutaxassis, filolog Elvina Aliyeva o‘qib eshittirdi.

Ommaviy diktant ilk bor 2004-yilda Novosibirsk Davlat universitetida o‘tkazilgan edi. Barcha xohlovchilarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish maqsadida ko‘ngilli ravishda diktant yozish taklif qilingan edi. Keyinchalik ushb tadbir butun Rossiya va dunyoga tarqalgan edi. 2019-yilda Ommaviy diktant dunyoning 80 mamlakatida va 357 ta shaharlarda yozildi.

Diktant natijalari 17-aprel kuni e’lon qilinadi. A’lochilarga maxsus sovg‘alar taqdim etiladi.