TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Guliston shahrida MIB xodimini mushtumzo‘r qarzdor tomonidan kaltaklandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
ATB “Agrobank” Boyovut filialidan 10 133 000 so‘m qarzdor bo‘lgan fuqaro A.Yu., Boyovut tumanlararo sudi qaroriga asosan qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimi A.X.ga nisbatan zo‘ravonlik qilgan.
“MIB xodimi qarzdorlikni to‘lab berishni tushuntirayotgan vaqtida, mast holatda bo‘lgan Yu.A. uyi darvozasini qulflab olgan. So‘ngra davlat ijrochisi A.X.ni bo‘ynidan bo‘g‘ib, tanasining turli joylariga qo‘li bilan urib, oyog‘i bilan tepgan. O‘ziga nisbatan yuritilgan ijro ishini olib qo‘yib, davlat ijrochisi A.X.ni xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan”, - deyilgan xabarda.
Holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilmoqda.