Toshkentda 5 yashar bolani bosib ketgan haydovchi hodisa joyidan qochib ketdi

Mashina bolakayni yo‘lning harakat qismida bosib ketgan. Haydovchi hodisa joyidan yashiringan, ammo tez orada qo‘lga olingan
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentning Shayhontohur tumanida Daewoo Matiz haydovchisi besh yashar bolakayni bosib ketdi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Namangan viloyatida YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, fojia kuni kecha Beruniy ko‘chasida 21:00larga yaqin yuz bergan.

Bolakayni bosgan haydovchi YTH joyidan qochib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolakay ota-ona ruxsatisiz ko‘chaga chiqqan va qarovsiz qolgach, serharakat trassani kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Avariya oqibatida bola og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

Hodisa joyidan yashiringan haydovchi tez orada qo‘lga olingan. U 27 yashar Ilos I. ekanligi aytilmoqda. Avariyadan so‘ng, haydovchi avtomobilni Ko‘kcha masjidi yaqinidagi mahallalardan birida qoldirib, yashirinishga uringan, ammo tezda qo‘lga olingan.

Hozirda tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.