DXX "Shumaxeri" eng yaxshi xizmat iti nominatsiyasida birinchilikni egalladi

Xususan, nemis ovcharkasi zotli xizmat itlari o‘rtasida DXX "Burgut" brigadasiga tegishli "Shumaxer" laqabli xizmat iti 1-o‘rinni, IIVga tegishli "Vayda" laqabli xizmat iti 2-o‘rinni egalladi
Sputnik

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazida O‘zbekiston kinologiya federatsiyasi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisobidagi turli zotdagi xizmat itlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi idoralararo "Xizmat itlari-2019" Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston prezidenti Putinga Sherxan laqabli bo‘ribosar itni sovg‘a qildi – foto

Mazkur ko‘rgazmada, nemis ovcharkasi, Sharqiy Yevropa ovcharkasi, "malinua" va "labrador" zotiga mansub xizmat itlari eksteryeri va zotdorlik darajasi bo‘yicha halqaro ekspertlar tomonidan xolisona baholandi.

Xususan, nemis ovcharkasi zotli xizmat itlari o‘rtasida DXX "Burgut" brigadasiga tegishli "Shumaxer" laqabli xizmat iti 1-o‘rinni, IIVga tegishli "Vayda" laqabli xizmat iti 2-o‘rinni; Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotli xizmat itlari o‘rtasida DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi "Tina" laqabli xizmat iti 1-o‘rinni, "Gera" laqabli xizmat iti 2-o‘rinni; malinua zotli xizmat itlari o‘rtasida DXX chegara qo‘shinlariga tegishi "Etush" laqabli xizmat iti 1-o‘rinni va "Gaya" laqabli xizmat iti 2-o‘rinni; labrador zotli xizmat itlari o‘rtasida DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi "Jessi" laqabli xizmat iti 1-o‘rinni, IIVga tegishli "Rem" laqabli xizmat iti 2-o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga, turli zotdagi xizmat itlari o‘rtasida "eng yaxshi it" nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda, DXX "Burgut" brigadasiga tegishi "Shumaxer" laqabli xizmat iti 1-o‘rin, DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi "Tina" laqabli xizmat iti 2-o‘rin va DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishli "Jessi" laqabli xizmat iti fahirli 3-o‘rin bilan taqdirlandi.