Milliarder Abramovichga qarashli "Garaj" muzeyi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazmoqda

Bugun ochilish marosimi o‘tkazilgan Zamonaviy san’atlar markazida 14-apreldan 25-mayga qadar zamonaviy san’at arboblari va taniqli rassomlar hayoti, shuningdek turli badiiy amaliyotlarga tegishli beshta film namoyish etiladi
Sputnik

TOShKENT, 12 apr - Sputnik. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va "Garaj" Zamonaviy san’atlar muzeyi Toshkentdagi Zamonaviy san’atlar markazining ochilish marosimi doirasida Garage Screen Film Festival kinofestivalini o‘tkazadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Milliarder Abramovichga qarashli "Garaj" muzeyi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazmoqda

"Garaj" muzeyi direktori Anton Belov O‘zbekistonda zamonaviy san’at muzeyi ochilishi borasida to‘xtalar ekan, bu "ramziy voqelik" ekanini ta’kidladi.

"Ushbu voqea Toshkentga sehrli-shahar maqomini olishga, uning jozibasini oshirishga xizmat qiladi. Ishonchim komilki, Zamonaviy san’at markazi bu o‘lkaga keluvchi mehmonlar sevib qadam ranjida qiladigan joyga aylana oladi. Chunki odamlarga nafaqat ko‘hna tarix manzaralari, balki hozirgi kelajak ham juda qiziq", - dedi Belov.

Festival dasturiga ko‘ra, bugun ochilish marosimi o‘tkazilgan Zamonaviy san’atlar Markazida 14-apreldan 25-mayga qadar, 2008-yilda Darya Jukova va milliarder Roman Abramovich tomonidan tashkil etilgan "Garaj" muzeyi tomonidan beshta film namoyish etiladi.

Bular: Anton Jelnovning "G‘arib odamlar. Kabakovlar", Sara Drayverning "Baskiya: Haqiqatning ko‘rinishi", Xizer Lensning mashhur zamonaviy rassomlardan biri Kusamaning ijodiga bag‘ishlangan "Kusama: Bepoyon dunyolar" hikoyasi, Yulian Rozefeldtning "Manifesto" blokbasteri, shuningdek, taniqli rassom Mauritsio Katellaning "Hammasi" deb nomlangan hujjatli filmlardir.