25 yoshli Bivar Abdulla o‘zining Iroq shimolida joylashgan Soran shahrida juda mashhur bo‘ldi. Ko‘chalarda odamlar uni to‘xtatib, suratga tushmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat har kuni 3-4 marta sodir bo‘lmoqda.
“Ko‘pchilik men Krishtianu Ronalduga o‘xshash ekanligimni aytishadi, men kurdman. O‘xshashligim uchun internetdagi sahifamda kuzatuvchilar ko‘paydi”, - deydi Abdulla.
Abdulla Bivar qurilishda ishlaydi. Bo‘sh vaqtida do‘stlari bilan futbol o‘ynaydi. Ronalduning muxlisi bo‘lgani uchun futbol yulduzi bilan uchrashishni orzu qiladi.