WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi

Bugun Julian Assanj Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Londonda politsiyasi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjni qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, chorshanba, 11-aprel kuni 47 yoshli Julian Assanj Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida poytaxt politsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.

​Ta’kidlanishicha, Ekvadorning Londondagi elchixonasida bo‘lib turgan Assanjga diplomatik boshpana taqdim etish so‘rovnomasi bo‘yicha rad javobi berish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng politsiya xodimlari taklif qilingan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kremlda Assanjning huquqlariga rioya qilinishiga umid qilishadi.

Assanjning mushugi tergov munosabati bilan galstuk taqdi

Eslatib o‘tamiz, Assanj AQShning Afg‘oniston va Iroqda olib borgan harbiy operatsiyalari va Guantanamo lagerida saqlash sharoitlari haqida qator ma’lumotlarni e’lon qilgan so‘ng tanilgan edi.

Assanj: Klinton "Islom davlati" Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirilishini aytgan

Shvetsiya huquqni saqlash organlari bir necha yil oldin Assanj ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Assanjning o‘zi ushbu ayblov yolg‘on, bu ish faqat uni qamoqqa olish uchun qilinganligini aytib, bir necha yildan bei Londondagi Ekvador elchixonasida, siyosiy boshpana berilgan shaxs sifatida yashab kelayotgan edi.