Ravon Rossiyaga qaytishi haqida ekspertlar fikri

GM Uzbekistan Ravon avtomobillari bilan Rossiya bozorida muvafaqqiyat qozona oladimi - Sputnik avtoekpertlar bilan o‘rganib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. GM Uzbekistan yaqin vaqtlarda Rossiyaga Ravon avtomobillarini eksport qilish va sotish ishlarini qayta tiklashi mumkin.

Ravon Rossiya bozoriga qaytmoqda

Ayrim ekspertlar fikriga ko‘ra, endi kompaniya o‘zining narx siyosati belgilab oldi va ushbu bosqichda Rossiya bozoriga budjet avtomobillarini qaytarishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Ushbu masala bo‘yicha boshqa fikrlar ham bor.

“Avto Revyu” jurnalining bosh muharriri Leonid Golovanov so‘zlariga qaraganda, sobiq SSSR hududida Ravon eng yirik brenlardan biri hisoblanadi. Rossiya bozoriga qaytsa mashinalarni sotib olishadi.  Uning fikriga ko‘ra, bu markadagi avtomobillar har doim past narxda bo‘lgani uchun raqobatbardosh bo‘lgan.

Ayniqsa, xarid qilish qobiliyati pasayishi kuzatilganda, bu omil muhim rol o‘ynaydi.

“Rossiya bozorida birinchi navbatda raqobatbardosh bo‘lgan avtomobillar -  LADA va Renault, shuningdek, Hyundai, KIA, Volkswagen boshlang‘ich modellari, shu bilan birga, “xitoylik”larni ham hisobdan chiqarish kerak emas”, - deb ta’kidladi ekspert Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbat chog‘ida.

Avtoekspert Roman Gulyayev fikriga ko‘ra, Rossiya bozoriga qaytish kompaniyaga va umuman olganda O‘zbekiston iqtisodiyotiga daromad keltirmaydi. Ravon ishonarli sherik sifatida o‘zini ko‘rsata olmadi va oxir-oqibat rossiyalik avtomobil egalari orasida ommabop brendga aylanmadi. Shuningdek, kompaniya bilan hamkorlik dilerlarga xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi ekspert.  

“Oldin Ravon juda arzon avtomobil taklif qilgan, narxi qulay bo‘lgan. Ularga “xitoyliklar” raqobat qilgan xolos. Biroq, afsuski, texnik xizmat ko‘rsatish tashkil qilinmaganligi uchun kompaniya hozirgi vaqtda raqobatbardosh hisoblanmaydi”, - dedi Gulyayev.

Dobin: Ravon Rossiyada ommabopligini yo‘qotdi

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Ravon muammosi narxni hosil qilishda emas, sotilgan avtomobillarga  xizmati ko‘rsatish yo‘qligi hisoblanadi. O‘zbek brendi oldingi pozitsiyalarni qaytarib olishini vaqt ko‘rsatadi.

Bir necha yil ilgari o‘zbek avtomobilsozligining mahsulotlari Rossiya bozorida mustahkam o‘rin egallagandi - Daewoo Nexia yoki Captiva arzon avtomashina bo‘lgan, Matiz esa tijorat maqsadlarida, ya’ni tovarlarni yetkazib berish xizmatida keng foylanilgan.

Hatto Daewoo rebrendingidan so‘ng Ravon pozitsiyalari mustahkamligicha qoldi – 2017-yilda kompaniya Rossiyaga 15 ming avtomobil yetkazib berdi, 2018-yil esa muvaffaqiyatsiz bo‘ldi – atigi 5 ming mashinalar.

Ravon avtomobillari Rossiyaga jo‘natish o‘tgan yil bahorda to‘xtatildi. 2019-yilda GM o‘z avtomobillarini Afg‘oniston va Tojikistonga eksport qildi. Mart oyida Qozog‘istonga, aprel boshida esa Belarusga birinchi partiya jo‘natildi.