Kim Kardashyan advokatlikka da’vo qilmoqda

Kim Kardashyan o‘zining advokatlik faoliyatini 2022-yilda boshlashni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Mashhur tadbirkor, teleyulduz Kim Kardashyan advokat bo‘lishni rejalashtirmoqda va yaqin orada litsenziya oladi. Bu haqda u Vogue jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda u San-Fransiskoda huquqshunoslikni o‘rganib, imtihon topshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kim Kardashyan o‘zining advokatdik faoliyatini 2022-yilda boshlashni rejalashtirmoqda.

Sevishganlar kunida Kim Kardashyanga nima sovg‘a qilindi

Uning ta’kidlashicha, Kim tufayli Donald Tramp tomonidan avf etilgan Elis Mari Jonson voqeasidan so‘ng advokat bo‘lishga qaror qilgan. Bundan tashqari, uning otasi Robert Kardashyan taniqli advokat bo‘lgan.

Kaliforniya qonunlariga muvofiq, agar boshqa advokat va sudya qo‘lida to‘rt yil davomida ta’lim olgan kishi imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, qonuniy ravishda advokatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin.