TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda Payme brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi Inspired MChJning aksiyalarining 51 foizini sotib oldi. Bu haqda TBC Bank matbuot xizmati xabar qildi.
Payme O‘zbekistonda 1,3 mln mijozga ega yetakchi to‘lov xizmati hisoblanadi.
“2018 yil oxirida Payme’ning umumiy aktivlari 700 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy daromad va soliqlar to‘languniga qadar foyda mos ravishda 1,6 mln dollar hamda 800 ming dollardan oshdi”, - deyiladi xabarda.
Shartnoma qiymati 5,5 mln dollarni tashkil etadi. TBC Bank qolgan 49% aksiyalarni ehtimoliy sotib olish to‘g‘risida bitim ham tuzgan. Payme 10,8 mln dollarga baholangan.
“Bu bizga mamlakatdagi katta mijozlar bazasiga darhol kirish va Gruziyadagi asosiy raqamli afzalliklarni o‘zbek bozoridagi innovatsiyalar uchun qo‘llash imkonini beradi. Biz Payme qo‘shilishi bilan to‘lov xizmatini rivojlashtirish hamda uni mamlakatdagi yangi ekotizimni rivojlantirish platformasi sifatida foydalanish niyatidamiz”, - dedi TBC Bank bosh direktori Vaxtang Busxrikidze.
Payme sotib olinganidan so‘ng TBC Bank va uning sho‘’ba kompaniyalari xizmat ko‘rsatayotgan foydalanuvchilar soni 50 foizdan ko‘proqqa oshib, 3,7 mln kishiga yetishi kutilmoqda.