Bahodir Jalolov titul kamari uchun kechgan jangda g‘alaba qozondi

Ta’kidlash joizki, jang sanasiga bir kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat Bahodir Jalolovga raqibini yer tishlatishga xalal bermagan.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi va g‘alabani tantana qildi. Bu haqda MOQ xabar qildi.

Jang AQShning Nyu-York shtatida NABF Junior Heavyweight Title titul kamari uchun kechdi.

O‘zbekistonlik bokschining raqibi o‘zgardi

Ta’kidlanishicha, amerikalik Brendan Barretga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan, aniqrog‘i, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratgan.

Ta’kidlash joizki, jang sanasiga bir kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat Bahodir Jalolovga raqibini yer tishlatishga xalal bermagan.

Shu tariqa, Bahodir Jalolov o‘zining oltinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, NABF Junior Heavyweight Title titul kamarini qo‘lga kiritish bilan birga super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.