Samarqandda o‘g‘rilik qilgan to‘rt nafar ayol qo‘lga olindi

O‘g‘rilar fuqaroning uyiga darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 2 800 000 so‘mlik zanjirini o‘g‘irlab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Samarqandda o‘g‘rilik qilgan bir guruh ayollar qo‘lga olindi.

Nukusda bosqinchi ikki kishini pichoqladi: ulardan biri vafot etdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 5-aprel kuni noma’lum shaxs Samarqand tumani Dashtiso‘xta mahallasida yashovchi fuqaroning uyiga darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 2 800 000 so‘mlik zanjirini o‘g‘irlab ketgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahar Haqiqat ko‘chasida yashovchi O.A. ismli ayol, uning singlisi S.A., ularning Haqiqat ko‘chasida yashovchi qarindoshlari U.Y. (ismli ayol) va Namangan shahar Guliston ko‘chasida yashovchi O‘.A. (ismli qiz)lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar”, - deyiladi xabarda.

Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.